O'zgaruvchilar

Munisa Kuranbekova - Oct 19 - - Dev Community

Assalomu aleykum! Bugun men c++ dasturlash tilidagi o'zgaruvchilar haqida ma'lumot berishga harakat qilaman.
O'zgaruvchi- bu kompyuterni xotirasida ma'lumot bir qiymatni saqlash uchun ishlatiladi.
C++ dasturlash tilida int, short, long, float, double, string, char o'zgaruvchilari mavjud.
int , short , long , float , double o'zgaruvchilari raqamlarni e'lon qilish uchun ishlatiladi . String - tekstlar uchun , char - belgilar uchun ishlatiladi.
O'zgaruvchilar haqida batafsil:
Int - 4 baytgacha joy egallaydi. Ya'ni intdan foydalanganimizda 4 tadan ortiq son kirita olmaymiz. Intdan faqat butun sonlarni e'lon qilish uchun foydalanish mumkin.(Masalan: int son = 234; yoki int num = 10;)

Short - bu datatipdan ham sonlarni e'lon qilish uchun foydalaniladi. Bu datatip 2 bayt joy egallaydi. Unga 1 yoki 2 xonali sonlarni kiritish mumkin. Bu datatip ham butun sonlar uchun mo'ljallangan.(Masalan: short son1 = 23; yoki short n = 8; )

Long - 8 bayt joy egallaydi. Butun sonlar uchun mo'ljallangan. 8 xonaligacha bo'lgan sonlarni qabul qiladi.(Masalan : long num2=13089011;)

Float - bu datatip kasr sonlar uchun qo'llaniladi. Sig'imi 4 bayt.(Masalan: float kasrSon = 17.6;)

Double - bu o'zgaruvchi ham kasr sonlar uchun qo'llaniladi . Doublening egallaydigan hajmi 8 bayt.(Masalan: double kasrSon2 = 1999.9;)

String - textlar uchun ishlatiladigan datatip. Uning sig'imi 32 bayt. Ya'ni uning ichiga turli tekstlar masalan , ism yoki biror narsaning nomini saqlash mumkin. (Masalan: string ism = "MuhammadAli"; yoki string m = "Hello world";)

Char - bu datatipga faqat bitta belgi saqlash mumkin. Uning sig'imi 1 bayt . (Masalan: char belgi: "$"; yoki char c = "#";)

O'zgaruvchilarni ishlatish uchun ularni avval e'lon qilish zarur. Chop etishda o'zgaruvchining nomi yoziladi. Misol uchun: cout << ism << endl; deb buyruq bersak "ism"ga saqlagan tekst chop etiladi.

. . . . . . . . . . . . .