Conosle.ReadLine() - Input
Console.WriteLine() malumotlarni chiqarish,chop etish (output) uchun foydalaniladi. Endi belgilar oqimini o'qish uchun (input) Console.ReadLine() dan foydalanamiz. ReadLine() metodi (funksiyasi) Console sinfi ga tegishli.
string ism;
Console.WriteLine("Ismingizni kiriting: ");
//string tipida qiymat qaytadi
ism = Console.ReadLine();
Console.ReadLine() bilan ma'lumotlarni faqat string tipida olishimiz mumkin. Masalan int tipida son kiritmoqchi bo'lsak uni string tipidan int tipiga (o'zgartirishimiz) konvertatsiya qilishimiz kerak. Bunda Convert sinfining ToInt32() metodi yoki int sinfining __Parse() metodidan foydalanashimiz mumkin!
string ism;
int yosh;
Console.Write("Ismingizni kiriting: ");
//string tipidagi qiymat qaytadi
ism = Console.ReadLine();
Console.Write("Yoshingizni kiriting: ");
//string turidan int turiga aylantiriladi
yosh = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
//int.Parse yordamida convertatasiya qilamiz
//yosh = int.Parse(Console.ReadLine());
Convertatsiyani ikki xil usulini ikki sonning yig’indisi (a+b) da ko’rib chiqamiz.
int a, b;
a = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
b = int.Parse(Console.ReadLine());
Console.WriteLine("Natija: " + (a + b));
Parse() metodidan foydalanishni maslahat beramiz. Har bir tur (int, long, double) ushbu metodni o'z ichiga oladi. Ya'ni string turidan o'sha joriy turga o'girish uchun foydalaniladi